Nig‘matilla Yo‘ldoshev Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi
Jamiyat
−
03 aprel
6192O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda 2020 yilning mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuv Rossiya Tergov qo‘mitasi va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi o‘rtasidagi hamkorlikning konstruktiv va samarali rivojlanishining boshlanishi bo‘lgani aytilgan.
Tomonlar, shuningdek, “Rossiya va O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi to‘liq formatdagi aloqalarni yanada jadal rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlik” masalalarini ham muhokama qilgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari hozirgi sharoitda ikki idoraning o‘zaro hamkorligi jinoyatchilikka qarshi kurashda muhimligini urg‘ulagan.
Shuningdek, u o‘zbekistonlik hamkasblar tomonidan ko‘rsatilayotgan yuridik yordam sifati va samaradorligini, shuningdek, jinoiy faoliyatga qarshi kurashish bo‘yicha malaka oshirish, bilim va tajriba almashish bo‘yicha ijobiy tajribani yuqori baholagan.
"Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash manfaatlari yo‘lida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga ishonch bildirildi", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi