Nigeriyadagi portlash 27 kishining umriga zomin bo‘ldi
Olam
−
26 yanvar 2023 5997 1 daqiqa
Joriy yilning 25 yanvar kuni Nigeriya markazida bomba portladi. Oqibatda 27 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi.
Qayd etilishicha, portlash vaqtida halok bo‘lganlarning barchasi chorvador xalq bo‘lib, ular mamlakatning Nasarava va Benuye shtatlari chegarasidagi Rukubi qishlog‘ida bo‘lgan.
“Biz portlashda 27 kishi va bir nechta qoramollar halok bo‘lganini aniqladik. Ko‘plab odamlar yaralandi va hozirda tergov davom etmoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkin”, deydi mahalliy politsiya.
Shuningdek, portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar portlash sabablarini o‘rganmoqda.
Mahalliy chorvachilik assotsiatsiyasi vakiliga ko‘ra, portlash Nigeriya harbiylari tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning mart oyida Nigeriya shimolidagi Kaduna shtatida qurolli hujum uyushtirilgandi. Oqibatda 34 kishi qurbon bo‘lgan edi.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025