Nigeriyada maktab yonib, 26 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi
Olam
−
09 noyabr 2021
3861Nigeriyada xonalari somondan qurilgan maktab yonib ketishi oqibatida 5-6 yoshli 26 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Aljazeera” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yong‘in kecha, 8 noyabr kuni mamlakat janubidagi Maradi shahridagi maktablardan birida sodir bo‘lgan. Maktabning 3 ta sinf xonasi yonib ketgan.
Ta’kidlanishicha, yong‘in sabablari hozircha ma’lum emas.
Xabarda ta’kidlanishicha, yaralanganlardan ba’zilarining ahvoli juda og‘ir. Hozirda maktabda darslar to‘xtatilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Nigeriyada g‘ishtli inshootlarga o‘quvchilar sig‘may qolsa, ko‘p hollarda sinf xonalari yog‘och va somon yordamida quriladi.
LiveBarchasi