Nigeriyada maktab yonib, 26 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Nigeriyada xonalari somondan qurilgan maktab yonib ketishi oqibatida 5-6 yoshli 26 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Aljazeera” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yong‘in kecha, 8 noyabr kuni mamlakat janubidagi Maradi shahridagi maktablardan birida sodir bo‘lgan. Maktabning 3 ta sinf xonasi yonib ketgan.

Ta’kidlanishicha, yong‘in sabablari hozircha ma’lum emas.

Xabarda ta’kidlanishicha, yaralanganlardan ba’zilarining ahvoli juda og‘ir. Hozirda maktabda darslar to‘xtatilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Nigeriyada g‘ishtli inshootlarga o‘quvchilar sig‘may qolsa, ko‘p hollarda sinf xonalari yog‘och va somon yordamida quriladi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing