Nigeriyada qurolli to‘qnashuv ortidan 34 kishi qurbon bo‘ldi
Olam
−
23 mart 2022 3242 1 daqiqa
Nigeriya shimolidagi Kaduna shtatida qurolli hujum uyushtirildi. Oqibatda 34 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda shtatning Milliy xavfsizlik va ichki ishlar bo‘yicha komissari Semyuel Aruvan ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 20 mart kuni bir guruh qurollangan shaxslar Kaura aholi yashash punktiga hujum qilgan. Ular 200 dan ortiq uy, 32 do‘kon va 17 mototsiklga o‘t qo‘ygan.
Hodisa oqibatida 34 kishi qurbon bo‘lgan, o‘nlab fuqarolar yaralangan. O‘lganlar orasida ikki askar ham bor.
Ayni vaqtda qurollangan shaxslarga qarshi operatsiya boshlangani aytilmoqda.
Aytish joizki, avvalroq, fulani chorvador qabilasi bilan bir qator ekinchilikka ixtisoslashgan qabilalar o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.Chorvasini boqish uchun mamlakat janubiga ko‘chib kelgan fulanilar dehqonlar ularning hayvonlarini o‘g‘irlab, hujumlar uyushtirishga urinayotganini da’vo qilmoqda.
O‘tgan yili Kaduna shtatida qurolli hujumlar natijasida 937 kishi halok bo‘lgan, 1972 kishi o‘g‘irlab ketilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr