Nigeriyada bolalarni olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi. Qurbonlar bor
Olam
−
17 Sentabr
2050Nigeriya markazida avtobus halokatga uchrashi oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning aksariyati bolalar. Bu haqda mahalliy “Punch” nashri xabar berdi.
63 nafar bolani olib ketayotgan avtobus Nigeriyaning Kaduna shtatida boshqa mashina bilan to‘qnashib ketgan. Avtobus haydovchisi yuqori tezlik va ortiqcha yuk tufayli boshqaruvni yo‘qotgan.
“15 nafar bola voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan qirq sakkiz nafari turli darajadagi tan jarohatlari oldi... Keyinroq yana o‘n kishi olgan jarohatlari tufayli vafot etdi, keyin yana bir necha jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi. Qurbonlar soni 40 nafarga yetdi”, deyiladi xabarda.
Yo‘l harakati xavfsizligi komissiyasi mahalliy bo‘limi rahbari Kabiru Nadabo avtohalokat beparvolik oqibatining dahshatli namunasi ekanligini ta’kidlagan hamda haydovchilarni belgilangan tezlikka rioya qilishga chaqirgan.
Voqea sodir bo‘lgan Kaduna shtati gubernatori Uba Sani qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishiga va’da berdi.
Mamlakat Yo‘l harakati xavfsizligi komissiyasi hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Qaskelen shahriga kiraverishda yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan qulab, mikroavtobus ustiga tushgan edi.
LiveBarchasi