Nigeriyada harbiylar xatosi sabab 20 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
03 iyun 3884 1 daqiqa
Nigeriya harbiylari xatolik tufayli jangarilardan qishloqni himoya qilayotgan mahalliy aholi guruhiga havo zarbasi berdi. Bu haqda “The Guardian Nigeria” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, harbiylar aholi istiqomat qiladigan hududlarga jangarilar hujum qilishga tayyorlanayotgani haqida xabarlar olgach, aviahujum uyushtirgan. Ushbu aviahujumlar oqibatida 20 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan.
Mahalliy aholi vakilining so‘zlariga ko‘ra, jangarilar bir nechta odamdan iborat bo‘lgan va chorva mollarini o‘g‘irlab ketgan. Ularni quvib, qutqarishga uringan mahalliy aholi esa harbiy samolyot tomonidan hujumga uchragan.
“O‘nlab odamlarimiz va bir necha mollarimiz jangarilar tomonidan olib ketildi. Ularni qutqarishga uringanlarni esa harbiy samolyot bombardimon qildi. 20 kishi halok bo‘ldi”, degan mahalliy fuqaro.
Xabarga ko‘ra, jangovar samolyot uchuvchisi aholini noto‘g‘ri baholab, ularni jangari deb o‘ylagan va havo hujumini amalga oshirgan.
Nigeriya Mudofaa vazirligi hodisaga izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriyada yuz bergan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 117 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi