Niderlandiyadagi harbiy poligonga o‘t ketdi (video)
Olam
−
18:32 397 1 daqiqa
Kecha, 29 aprel kuni Niderlandiyaning Gelderland viloyatidagi “T-Xarde” qishlog‘i yaqinida joylashgan artilleriya poligonida katta yong‘in yuz berdi va taxminan 500 gektar maydonni qamrab oldi. Bu haqda NL Times xabar berdi.
Qayd etilishicha, hududda portlamay qolgan o‘q-dorilar mavjud va bu yong‘inni o‘chirish ishlarini qiyinlashtirmoqda. Shu sababli o‘t o‘chiruvchilar faqat chekka hududlarda ishlay olmoqda, yong‘in hududiga esa, faqat zirhli texnika kirishi mumkin.
Yong‘in hozircha to‘liq nazoratga olinmagan va uni bartaraf qilish bir necha kun davom etishi kutilmoqda. Operatsiyada 4 ta harbiy texnika va 100 dan ortiq o‘t o‘chirish xodimi ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Shimoliy Brabant viloyatidagi Oirschotse Heide harbiy poligonida ham yong‘in chiqqani haqida xabar berilgan. Bu yerda yong‘in taxminan 10 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan va harbiy kazarmalarga yaqin joyda davom etmoqda.
Favqulodda xizmatlar yong‘inni o‘chirish uchun 12 ta maxsus texnika jalb qilgan. Yong‘in sababi hozircha aniqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-Yorkning Astoriya (Kuins) hududida joylashgan bo‘sh turgan cherkovda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa joyiga 250 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi va tez tibbiy yordam xodimlari jalb etilgan va 6 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgan.
Live
Barchasi