Niderlandiyada 3000 ta mashina yuklangan kema yonib ketdi (video)

Olam

image

Niderlandiyaning Ameland orolidan 30 kilometr uzoqlikda, Shimoliy dengiz suvlarida avtomobil tashuvchi kema yonib ketdi. Bu haqda mahalliy NOS nashri xabar berdi.

Niderlandiya sohil qo‘riqlash xizmatining xabar berishicha, bortida 3 mingdan ortiq mashina bo‘lgan Framantle Highway kemasi Germaniyadan Misrga ketayotgan bo‘lgan. Yong‘in bortdagi 25 ta elektromobildan birida chiqqani va butun kemaga yoyilgani taxmin qilinmoqda. 

Kemada jami 23 kishi bo‘lgan. Ulardan yetti nafari yong‘in paytida suvga sakragan. Suvga sakraganlar va bortda qolganlar vertolyot yordamida qutqarib olingan. Hodisa oqibatida 1 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan, yana 16 kishi jarohatlangan.

Hozirda dengizda qutqaruv operatsiyasi davom etayotgani aytilgan. 

Kemada avtomobillarning borligi yong‘inni o‘chirishni qiyinlashtirgan. Qutqaruvchilar hozirda kemani sovitib, cho‘kib ketishining oldini olishga urinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanar orollariga ketayotgan qayiq cho‘kib, 51 muhojir halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in kema Niderlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing