Niderlandiya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 26 yanvar kuni Niderlandiyaning (qarorgohi Ostona shahrida) yangi elchisi Niko Sxemersdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi. 

“Tashqi ishlar vazirligida Niderlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Niko Sxemers bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik. Shubhasiz, barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlik kun tartibini kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz janob Elchining O‘zbekiston–Niderlandiya munosabatlarini boyitishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, deydi Baxtiyor Saidov.

Niko Sxemers avvalroq O‘zbekistonda Niderlandiya elchisi bo‘lgan Andre Karstens o‘rniga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

elchi Niderlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made