Niderlandiya Ukrainaga 2,5 mlrd yevro miqdorida yordam ajratadi

Olam

image

Niderlandiya hukumati 2023 yilda Ukrainaga yordam berish uchun 2,5 milliard yevro ajratadi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Mark Ryutte ma’lum qildi.

“Urush tugamas ekan, Niderlandiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. 2023 yilda hukumat bu maqsadlar uchun 2,5 milliard yevro ajratadi. Ukraina Niderlandiyaga ishonishi mumkin”, deydi Ryutte.

Niderlandiya hukumati rahbarining ta’kidlashicha, mablag‘lar qurol sotib olish, gumanitar yordam ko‘rsatish, infratuzilmani ta’mirlash va tiklash, diplomatik qo‘llab-quvvatlash va urush jinoyatlari uchun javobgarlarni javobgarlikka tortish uchun ajratiladi.

Avvalroq Finlyandiya hukumati Ukrainaga 28,8 million yevro miqdoridagi o‘n birinchi harbiy yordam paketini berishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing