Niderlandiya Bosh vaziri karantin cheklovlari tufayli onasini so‘nggi manzilga kuzatolmadi

Olam

image

Niderlandiya Bosh vaziri Mark Rutte mamlakatda joriy qilingan koronavirus cheklovlari tufayli vafot etgan onasini so‘nggi manzilga kuzatgani qariyalar uyiga borolmadi. Bu haqda “Sky News“ xabar berdi.

Joriy yilning 13 may kuni Gaagadagi qariyalar uyida siyosatchining onasi, 96 yoshli Rutte-Dealing vafot etdi, deya xabar beradi kanal bosh vazirning bayonotiga tayanib. Biroq, Mark uni mart oyida hukumat tomonidan 20 mart kuni qabul qilingan karantin cheklovlari tufayli dafn marosimiga bora olmagan. Gap shundaki, karantin cheklovlari qariyalar uyiga tashrif buyurishni taqiqlaydi.

Shu bilan birga, Niderlandiya ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, vazirning onasi koronavirusdan o‘lmagan. Biroq, koronavirus ushbu qariyalar uyida qayd etilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyada koronavirus bilan bog‘liq 45 647 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 174 nafari sog‘aygan, 39 624 nafari esa vafot etgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Karantin Koronavirus Niderlandiyada

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing