Nihoyat Shohjahon Ergashev jahon chempionligi uchun jang qiladi

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev IBF kamari uchun jang qiladigan bo‘ldi. Bu haqda bokschining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, IBF Ergashevni kamar uchun jang qilishiga ruxsat bergan. Tashkilot tomonidan Shohjahon Ergashev va puerto-rikolik Sabriel Matias jang o‘tkazishi buyurilgan. 

Qayd etilishicha, reytingda top-15'ni band etgan hech qaysi bokschi Ergashev bilan jang qilishni istamagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bokschi QALAMPIR.UZ'ga intervyu berib o‘zi atrofidagi ko‘pgina gap-so‘zlarga izoh bergandi. Ayni vaqtda Ergashev IBF reytingida 3-pog‘onani band etgan va u kamar uchun majburiy da’vogar hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev IBF

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made