Nihoyat Messi va Argentina g‘alaba qozondi
Sport
−
24 iyun 2019 4537 1 daqiqa
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Braziliya yashil maydonlarida Amerika kubogi-2019 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. “V” guruhida ishtirok etayotgan Argentina terma jamoasi nihoyat uchinchi o‘yinda musobaqadagi dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Lionel Messi jamoadoshlari birinchi turda mag‘lubiyatga uchrab, ikkinchi turda durrangga rozi bo‘lishgan edi. Uchinchi turda Argentina amaldagi Osiyo chempioni Qatar terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.
Qatar – Argentina 0:2 (0:1, 0:1).
Portu-Alegri shahri, “Gremio” stadioni.
Gollar: 0:1 – Martines (4), 0:2 – Aguero (82).
Qatar: Al-Sheb, Al-Ravi, Pedru Migel (Ismoil, 85), Al-Xajri (Abdulsalom, 77), Salmon, Budiaf, Xuxi, Xotim, Afif, Ali Almoez, Holid.
Argentina: Armani, Saraviya, Talyafiko, Foyt (Petsselya, 85), Otamendi, Lo Chelso (Akunya, 55), de Paul, Paredes, Martines (Dibala, 76), Aguero, Messi.
Ogohlantirishlar: Lo Chelso (42), Foyt (44), Ali (51), Budiaf (75), Abdulsalom (89).
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025