Nihoyat, Islom Maxachevga raqib topildi

Sport

image

UFC yengil vazn toifasida 5-raqamli jangchisi rossiyalik Islom Maxachevga yangi raqib topildi. U UFC 267 turnirida divizionning 6-pog‘onasini egallab turgan Den Xukerga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Xuker jarohat tufayli musobaqadan chetlatilgan Rafael Dos Anosning o‘rnini egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Xuker o‘rtasidagi jang joriy yilning 30 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. Turnirning asosiy bahsi yarim yengil vazn toifasida chempionlik kamari sohibi Yan Blaxovich va Glover Teysheyra o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Piter Yan va Kori Sandagen ishtirokidagi reyting jangi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Islom Maxachev MMA’da 21 jang o‘tkazib, ularning 20 tasida g‘olib bo‘lgan va bir marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. “Habibning vorisi” so‘nggi bor joriy yilning iyul oyida Tiago Moyzesni mag‘lub etib, yengil vazn toifasi reytingida 5-o‘ringa qo‘tarilib olgan edi. 

Den Xuker esa 25 sentyabr kuni UFC 266 musobaqasida Nasrat Hakparast ustidan zafar quchib, g‘alabalari sonini 21 taga yetkazib oldi. U 10 bellashuvda raqiblariga imkoniyatni boy bergan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Islam Maxachev Rafael' Dos An'os Den Xuker

Baholaganlar

88

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing