Neymarning o‘rnini olib qo‘ymaslikka va’da bergandim – Mbappe
Sport
−
24 avgust 2021
4860Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe PSJdagi jamoadoshi braziliyalik Neymar bilan munosabatlari haqida gapirdi.
“Jahon chempionatida g‘olib bo‘lganimdan so‘ng, Neymarga uning o‘rinbosari bo‘lmasligimni, o‘sha yili “Oltin to‘p”ga da’vogar bo‘lishimni aytgan edim. Chunki u mavsumni yomon o‘tkazgan edi, lekin jamoadagi o‘rninini olib qo‘ymaslikka va’da bergandim. Muxlislarning Neymarga munosabati ikki xil. Braziliyada odamlar xotirjamroq, Fransiyada esa jiddiyroq. Bu yerda shaxsiyatni ko‘rsatishni to‘g‘ri ish, deb hisoblashmaydi” deydi Mbappe.
Kilian, shuningdek, Neymarning poker o‘ynashi va fransuzlarning istaklari haqida gapirdi:
“Menimcha, u buni tushuna boshladi. Avvaliga juda qiyin bo‘ldi, buni haqorat sifatida qabul qildi. Uning portreti Eyfel minorasida namoyish qilinganidan olti oy o‘tgach, odamlar Neymarning poker o‘ynashidan norozi bo‘la boshladi. Fransuz xalqi nimani istashingizni yaxshi biladi, shuning uchun ularga ko‘rsatishning hojati yo‘q. Oddiy odamlar futbol o‘ynashingizni ko‘rishni xohlaydi xolos”.
Eslatib o‘tamiz, Messi Parijga kelgach, Mbappening “Real”ga o‘tishi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe ijarada o‘tkazgan bir yillik mavsumdan so‘ng, 2018 yilda “Monako”dan 180 million yevro evaziga transfer qilingan edi. PSJ libosi ostida 107 o‘yinda maydonga tushib, 97 ta gol urgan. Neymar esa 2017 yilda “Barselona”dan 222 million yevroga sotib olingan. Parijliklar safida u 70 o‘yinda 56 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.
LiveBarchasi