Neymarning safga qachon qaytishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
06 iyun 1221 2 daqiqa
Braziliya terma jamoasining barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purari Neymar kelasi haftadan to‘liq mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin. Bu haqda “Estadão” nashri xabar berdi.
“Neymarning holati aniq. U hozir individual mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Bugun, 6 may kuni MRT tekshiruvidan o‘tadi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, kelasi haftadan jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarga qo‘shilishi mumkin”, dedi Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.
34 yoshli Neymar Braziliya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan “Koritiba”ga qarshi uchrashuvda (0:3) boldiridan jarohat olgan edi. U o‘yinning 65-daqiqasida maydonni tark etgan.
Shunga qaramay, Neymar Braziliya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilgan. May oyi oxirida terma jamoa shifokori Rodrigo Lasmar futbolchini ikki-uch hafta davomida maydonga tusha olmasligini ma’lum qilgan edi.
Neymar allaqachon Panamaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini (6:2) o‘tkazib yubordi. Shuningdek, uning bugun, 6 iyun kuni Misrga qarshi bahsda va Jahon chempionatining dastlabki o‘yinlarida ishtirok etmasligi mumkin.
Neymar Braziliya terma jamoasi safida 128 ta uchrashuvda maydonga tushib, 79 ta gol urgan. Uning milliy jamoa tarkibidagi so‘nggi o‘yini 2023 yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan.
2026 yilgi Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi “C” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun