Neymarning qo‘shnilari futbolchining uyida o‘tkaziladigan ziyofatlaridan norozi

Sport

image

PSJ hujumchisi Neymar uyida tez-tez ziyofatlar qilib qo‘shnilarini bezovta qiladi. Braziliyalik futbochi Parij chetida joylashgan Bujivalda yashaydi va muntazam ravishda turli bayramlarda ziyofatlar uyushtiradi. Bu haqda “Le Parisen” xabar berdi.

O‘tgan yakshanba kuni Neymar 31 yoshni qarshi oldi. Futbolchi uyida juda ko‘p katta bayram tashkillashtirdi. Neymarning qo‘shnilari futbolchining uyidan chiqayotgan baland musiqa ovozidan nolib, politsiya chaqirgan, ammo politsiyaning ogohlantirishi ham vaziyatni o‘zgartirmagan.

Bujival meri Lyuk Vattel Neymarning villasi yaqinida istiqomat qiladi.

Vattel braziliyalikning qo‘shnilari futbolchi ustidan ko‘p marotaba e’tiroz bildirgani, shuningdek, futbolchi jamoasining Liga 1'dagi g‘alabasini nishonlaganida ham aholi tinchligini buzganini ta’kidladi. 

“Biz uni jarimaga tortishimiz mumkin edi, lekin maoshini hisobga oldik. 135 yevrolik jarimaga Neymar parvo ham qilmaydi”, deydi Vattel.

Hozirda Bujival meri “takroriy tartibsizliklar” uchun prokurorga shikoyat qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing