Neymarning qizi va sevgilisini o‘g‘irlamoqchi bo‘lishdi

Sport

image

Shu yilning 7 noyabr kuni Braziliyaning Kotiya shahrida bir guruh jinoyatchilar “Al-Hilol”ning braziliyalik hujumchisi Neymarning sevgilisi va yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Globo” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ertalab forvardning sevgilisi Byankardining uyiga o‘g‘rilar bostirib kirgan. Ular umumiy qiymati qariyb 120 ming dollarga teng qimmatbaho buyumlar, sumka va soatlarni o‘g‘irlab ketgan, shuningdek, Neymarning sevgilisidan yangi tug‘ilgan qizi qayerdaligini so‘ragan. 

Keyinroq, jinoyatchilardan biri 19 yoshli mahalliy fuqaro ekani aniqlanib, qo‘lga olingan. 

Neymar va Byankardi ijtimoiy tarmoqlarida hozirda hammasi yaxshi ekanini ma’lum qildi.

31 yoshli Neymar o‘tgan yozda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tgan edi. Oktyabr oyida Braziliya terma jamoasi safidagi o‘yinda hujumchi tizzasidan jarohat oldi. Uning tiklanishi uchun ketadigan vaqt 10 oygacha davom etishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Al-Hilol B'yankardi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing