Neymarning Byankardi bilan ajrashgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
29 noyabr 2023 4845 1 daqiqa
Braziliyalik model Bruna Byankardi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” futbolchisi Neymar bilan ajrashganini aytdi.
“Bu shaxsiy masala, lekin men har kuni yangilik, taxmin va hazillarga duchor bo‘lganim uchun hozir Neymar bilan yaqin munosabatda emasligimni ma’lum qilaman. Biz Mevining ota-onasimiz va bizni bog‘laydigan yagona narsa shu. Umid qilamanki, endi mening shaxsiy hayotim haqida yangiliklar kamroq bo‘ladi, rahmat”, deb yozdi Byankardi ijtimoiy tarmoqda.
Neymar va Byankardi 2021 yildan buyon yaqin munosabatda bo‘lib kelayotgandi. Hozirda ularning ikki oylik Mevi ismli qizi bor.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi boshida Kotiya shahrida braziliyalik futbolchining qizi va sevgilisini o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgandi. Byankardining uyiga o‘g‘rilar bostirib kirib, uning 120 ming dollarga teng qimmatbaho buyumlar, sumka va soatlarini o‘g‘irlab ketdi.