Neymarga APLdan da’vogar chiqdi, Mbappega esa yangi shartnoma taklif qilinadi
Sport
−
24 aprel 2023
8363PSJ klubining braziliyalik hujumchisi Neymar yozgi transfer oynasida Parij klubini tark etishi mumkin. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘yinchiga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda, klub egasi Todd Bouli o‘tgan qishda Neymarni transfer qilish imkoniyatini muhokama qilgan edi. Braziliyalik futbolchining qimmat maoshi va tez-tez jarohat olishi tufayli unga sanoqli klublar qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, PSJ yana bir hujumchisi Kilian Mbappeni uzoq muddat o‘z safida olib qolishda qiyinchilikka uchraydi, chunki fransiyalik futbolchiga bir yil avval bo‘lgani kabi “Real” taklif bilan chiqishi kutilmoqda. Mbappeni La Liga klubiga o‘tmasligi uchun PSJ Killian bilan 2024 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirishga harakat qiladi.