Neymar jarohatidan qutuldi
Sport
−
21 Oktabr
1661Braziliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi a’zosi Neymar bir yil o‘tib jarohatidan forig‘ bo‘ldi va maydonga qaytdi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.
32 yoshli futbolchi jamoasining Osiyo Chempionlar ligasi doirasida BAAning “Al-Ayn” klubiga qarshi qaydnomasiga kiritildi. Futbolchi jarohati sabab bir yil maydonga tusha olmadi.
Qayd etish joiz, Neymar 2023 yil oktyabr oyida Urugvayga qarshi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinida tizzasidan jarohat olgan edi. O‘shandan beri forvard maydonga tushmadi.
Sentyabr oyi boshida forvard belgilangan vaqtdan ertaroq maydonga qaytishi haqida xabarlar tarqaldi, biroq futbolchi tibbiy va fitnes testlaridan o‘ta olmagach, uning tiklanish muddati biroz cho‘zildi.
Ma’lumot uchun, Neymar o‘tgan yilning avgust oyida PSJdan “Al-Hilol” klubiga kelib qo‘shilgandi. Uning transferi Saudiya klubiga 90 million yevroga tushdi. Braziliyalik futbolchi yangi jamoasida bor-yo‘g‘i 5 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.