Neymar Jahon chempionati oldidan jarohat oldi

Sport

image
Braziliya terma jamoasi va “Santos” hujumchisi Neymar 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik boshlanishi arafasida yana jarohat oldi. Bu haqda “Globo” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining o‘ng boldir mushaklarida shishish aniqlangan.
Manbaga ko‘ra, jarohat jiddiy emas, ammo futbolchi davolanishi va bir muddat jismoniy yuklamalarni cheklashi kerak bo‘ladi. 34 yoshli hujumchi hozirda “Santos”ning mashg‘ulot markazida shaxsiy tibbiy guruhi nazorati ostida tiklanmoqda. Shuningdek, Braziliya futbol konfederatsiyasi mutaxassislari ham Neymarning holatini kuzatib bormoqda.

Hujumchi joriy yilning 27 mayiga qadar to‘liq mashg‘ulotlarga qaytishi va Jahon chempionati boshlanishidan oldin milliy terma jamoaga qo‘shilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliya terma jamoasining ustozi Karlo Anchelotti 3 yillik tanaffusdan so‘ng, Neymarning 2026 yilgi Jahon chempionati uchun tarkibiga kiritgandi.

Maqola muallifi

Teglar

Neymar Jahon chempionati Braziliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing