Neymar YeCHLda g‘alaba qozonish yo‘lini aytdi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Neymar Junior Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun gol o‘tkazib yubormaslik kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Neymarning so‘zlariga asoslanib, GFFN nashri xabar berdi.

Shuningdek, braziliyalik futbolchi himoyaga yordam berishga harakat qilishini aytish bilan birga, o‘zining yaxshi himoyachi emasligini ham tan olgan.

“Endi o‘zimni kuchliroq futbolchidek his qilyapman. Men himoyaga yordam berman, hujum qilaman va gol ura olaman. Shuningdek, hal qiluvchi paslarni ham berishni eplayman. Xullas, men hamma narsa qila olaman. Men eng yaxshi himoyachi emasligimni bilaman. Lekin men jamoadoshlarimga yordam berishga harakat qilaman.

Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun jamoa gol o‘tkazib yubormaslikka yoki raqibga imkoniyat qoldirmaslik uchun ko‘p harakat qilishi kerak. Menimcha, hozir xatolarga yo‘l qo‘yayotganimiz bu normal holat. Ayni damda shunday bo‘layotgani yaxshi, chunki biz final bosqichiga shunday tayyorgarlik ko‘ramiz”, degan PSJ forvardi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Neymar PSJ safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Tranfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 75 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Neymar Junior

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing