Neymar uzoq muddat PSJda qolishi mumkin

Sport

image

PSJ hujumchisi Neymar boshqa klubga o‘tishni rejalashtirmayapti. Bu haqda “L'Equipe” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik futbolchi 2027 yilgacha Parij klubini tark etmoqchi emas. Uning klubdagi do‘sti Lionel Messi PSJdan ketishga qaror qilsa ham, Neymar rejalarini o‘zgartirmaydi.

Braziliyalik futbolchini mavsumiga 36 million yevrolik maosh to‘liq qoniqtirmoqda. Neymar Yevropada bu kabi variantni topish qiyin bo‘lishini yaxshi tushunib turibdi.

Ma’lumot uchun, Neymar 2017 yildan beri PSJ safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda u Liga 1 da 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar PSJ hujumchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing