Neymar tungi klubda mushtlashdi

Sport

image

PSJ hujumchisi Neymar yana bir mashmashani boshladi. U Rio-de-Janeyrodagi tungi klublardan birida notanish yigit bilan mushtlashib qolgan. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tungi klubda Neymar va noma’lum erkak bir-birini turtgan. Hodisadan xabar topgan muassasa xavfsizlik xizmati mojaroga aralashishga majbur bo‘lgan. Janjal sababi noma’lum. Tungi klubda Neymarga homilador suyuklisi Bruna Byankardi hamrohlik qilgan.

31 yoshli braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsum PSJ safida 29 o‘yinda 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning parijliklar klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyi oxirida braziliyalik 30 yoshli erkak barcha mol-mulkini Neymarga vasiyat qilib qoldirgandi. Futbolchining muxlisi o‘limidan keyin boyligi hukumatga yoki o‘zaro kelishmovchiligi bo‘lgan qarindoshlariga o‘tib ketishini xohlamagan.  Shuningdek, erkak PSJ hujumchisi bilan ko‘p tomonlama tanish ekanligini ta’kidlab, boyliklarini futbolchiga qoldirayotganidan afsusda emasligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing