Neymar “Santos”da nechanchi raqamda o‘ynashi aniq bo‘ldi
Sport
−
29 yanvar 3213 1 daqiqa
Faoliyatidagi ilk professional klub Braziliyaning “Santos” klubiga qaytayotgan taniqli futbolchi Neymar u yerda 10-raqam ostida to‘p tepadi. Bu haqda klubga yaqin manbalar xabar berdi.
32 yoshli Neymar 2009-2013 yillarda “Santos”da to‘p tepgan, biroq o‘shanda u Braziliya klubida 11-raqam ostida o‘ynagan. Futbolchi “Barselona” safida ham 11-raqamda o‘ynagan.
Ma’lumot uchun, “Santos”da 10-raqamda futbol qiroli Pele to‘p tepgan. O‘z vaqtida “Santos”ning sobiq prezidenti Andres Rueda Pele sharafiga jamoaning 10-raqamini abadiylashtirish g‘oyasini ilgari surgandi, biroq bu g‘oya ijobiy yakun topmaganga o‘xshayapti.
“Santos” tez orada Neymar transferini e’lon qiladi. Futbolchi 2009-2013 yillarda klub safida 136 ta gol urib, 64 ta assist amalga oshirgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Al-Hilol” Neymar bilan shartnomasini bekor qilgandi. Joriy mavsum futbolchi Saudiya klubi safida atigi 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr