Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Neymar nega “Real”ga emas, “Barselona”ga o‘tganini ochiqladi

Sport

image

“Santos” klubi vingeri Neymar 2013 yilda o‘z istagi sabab “Barselona”ga o‘tganini aytdi. Bu haqda u “Podpah” podkastida so‘z ochdi.

“O‘shanda “Real Madrid” “Barselona”ga qaraganda 3 baravar ko‘proq pul taklif qilgandi. Madridliklar menga istagan narsamni muhayyo qilishini ma’lum qildi. Ammo yuragim faqat “Barselona” der edi. “Barsa” safida men uchun afsona bo‘lgan Ronaldino o‘ynagandi. Shuningdek, mening orzum Messi bilan bir jamoada o‘ynash edi. Shu sababdan Kataloniya jamoasini tanlaganman”, deydi Neymar.

Ma’lumot o‘rnida, Neymar “Barselona” safiga 2013 yilda kelib qo‘shilgan. “Ko‘k-anorranglilar” futbolchi uchun “Santos”ga 88 million yevro to‘lagandi. Neymar “Barselona” tarkibida 2017 yilga qadar to‘p tepgan. Shu vaqt ichida u 123 ta o‘yinda maydonga tushib, 68 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Neymar Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing