Neymar “Navbahor”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Sport
−
18 Sentabr 2023 4158 1 daqiqa
Neymarning bugungi Osiyo chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan “Navbahor” bilan o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida. Bu haqda “Goal” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, forvard Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Hilol” safidagi debyut o‘yinida jarohat olgan. Jamoa safidagi birinchi o‘yinida futbolchi golli uzatmaga mualliflik qilgandi.
Qayd etish joiz, Neymarning eski jarohati bor. U mushaklaridagi muammolar tufayli yangi klubidagi 4 ta uchrashuvni o‘tkazib yubordi.
Ma’lumot o‘rnida, “Al-Hilol”-“Navbahor” o‘yini bugun soat 23:00 da boshlanadi.