Neymar Namanganga kelmaydigan bo‘ldi

Sport

image

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasidagi Urugvayga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni yig‘lab tark etdi.

Futbolchi birinchi bo‘lim yakunida raqibi bilan to‘qnashib ketdi. Futbolchining orttirgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi va u maxsus elektromobilda maydonni tark etdi. O‘yindan keyin hujumchi qo‘ltiqtayoqda stadionni tark etgan.

Saralash o‘yinida Braziliya Urugvayga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

JCH-2026 saralashida to‘rtta o‘yindan so‘ng, Urugvay Janubiy Amerika guruhida 2-o‘rinda, Braziliya esa 3-pog‘onada  joylashgan. Har ikki jamoa hisobida 7 ochko bor.

Ko‘plab xorij nashrlari Neymar yil oxirigacha futbol o‘ynay olmasligi haqida yozmoqda. 

Noyabr oyida braziliyalik futbolchi to‘p tepadigan “Al-Hilol” Osiyo Chempionlar ligasi doirasida “Navbahor” klubi bilan Namanganda kuch sinashadi. 28 noyabrda o‘tkaziladigan o‘yinni Neymar o‘tkazib yuboradi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Jahon chempionati Navbahor Braziliya Al-Hilol Osiyo Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing