Neymar qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum

Sport

image

Kecha, 27 noyabr kuni Fransiya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan PSJ – “Sent Eten” qarshiuchrashuvida jarohat olgan Neymar taxminan 6 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda “RMC Sport” nashri xabar berdi. 

Uchrashuv parijliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Braziliyalik futbolchi o‘yin yakuniga yetayotgan bir pallada himoyachi Ivan Meyson unga niyabatan qo‘pollik ishlatdi va buning natijasida Neymar chap to‘pig‘ini qayirib oldi va o‘zi maydonni tark eta olmadi. Uni zambilda olib ketishdi.

Shuningdek, ushbu uchrashuvda jamoaga joriy yilning iyunida kelib qo‘shilgan, biroq birorta o‘yinda maydonga tushmagan Serxio Ramos 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Ma’lumot uchun, PSJ 15-turdan so‘ng, 40 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. “Sent Eten” esa 19-o‘rinda. Jamoa hisobida 12 ochko mavjud.
 


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Messi Neymar PSJ Ramos

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing