Neymar iste’dodli futbolchi emas – Feliks Magat

Sport

image

1980 yilgi jahon chempioni, sobiq “Bavariya” klubi murabbiyi germaniyalik Volfgang-Feliks Magat braziliyalik futbolchi Neymar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda “Yevro Futbol” nashri xabar berdi.

Mutaxassis Neymar haqida salbiy qarashlarini ma’lum qilib, uning “Bavariya”ga qarshi navbatdagi o‘yinda ishtirok etmasligi hech narsani hal qilmasligini aytib o‘tgan.

“Yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan “Bavariya” va PSJ uchrashuvida Neymarning maydonga tushmasligi, umuman olganda, hech narsani hal qilmaydi. Mening nazarimda Neymar o‘ziga xos futbolchi emas. Uning texnikasi yaxshi ekanligi ko‘p narsani anglatmaydi. Bundaylar ko‘p. Bu futbolchining kuchi emas. Shuningdek, u jamoada zamonaviy tarzda o‘ynamaydi”, deydi sobiq murabbiy.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsum Neymar birinchi Ligada 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Aytish joiz, “Bavariya”-PSJ o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv joriy yilning 9 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Neymar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing