Neymar faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda – OAV

Sport

image

Braziliyaning “Santos” klubi 34 yoshli hujumchisi Neymar joriy yil yakunida professional faoliyatini tugatish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda “The Touchline” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar Neymar Braziliya terma jamoasining Jahon chempionati tarkibiga chaqirilmasa, u futbol bilan xayrlashish qarorini qabul qilishi ehtimoli bor. Mundialda o‘ynash va uni yutish Neymarning futboldagi yagona motivatsiyasi. U qilayotgan barcha ishlar, jumladan, tiklanish, mehnat va fidoyiliklar Jahon chempionatida ishtirok etishga qaratilgan. 

Hozirda Neymar Braziliyaning “Santos” klubida to‘p surmoqda. O‘tgan mavsumda u jamoa safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Ayni paytda futbolchi tizza operatsiyasidan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tamoqda.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati joriy yil 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Braziliya “Santos”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing