Neymar faoliyatini qachon yakunlashi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

PSJ klubining braziliyalik hujumchisi Neymar aynan Parij klubida professional futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, PSJ bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolagan 31 yoshli braziliyalik hujumchi boshqa klubda o‘ynashni istamayapti. Neymarning Fransiya klubini tark etishni istamagani va uning 2017 yildagi transferi miqdorini inobatga olsak, braziliyalikni boshqa jamoaga o‘tkazish uchun katta moliyaviy sarmoya talab etiladi.

Neymar bu mavsumda o‘ng tizzasidan olgan og‘ir jarohati tufayli boshqa o‘ynamaydi. Braziliyalik yaqinda Qatar poytaxti Doha shahrida muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.

Joriy mavsumda futbolchi Fransiya chempionatida umumiy 20 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 75 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing