Neymar faoliyatini “Flamengo”da davom ettirishi mumkin

Sport

image

Braziliyalik futbolchi Neymar 2026 yilgi Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida faoliyatini “Flamengo” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Marca” nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, hozirda Neymar to‘p surayotgan “Santos” klubi 33 yoshli hujumchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni olib bormoqda. Shu bilan birga, o‘tgan mavsumda Braziliya chempioni bo‘lgan “Flamengo” ham futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati va jamoa futbolchilari Neymarning transferini qo‘llab-quvvatlamoqda hamda uning 2026 yilgi mundialga optimal tayyorgarlik ko‘rishiga yordam berish niyatida.

Joriy mavsumda Neymar “Santos” safida barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi.

Ma’lumot uchun, Braziliya milliy terma jamoasi mart oyida ikki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi, terma jamoaning Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi esa may oyida e’lon qilinadi. Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymar terma jamoaga qaytishi va mundial ishtirok etishi mumkinligi buning uchun futbolchi o‘z ustida ishlab sport formasini yaxshilash kerakligini ta’kidlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Santos”ning 33 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Neymar joriy yilning 4 dekabr kuni ertalab Braziliya chempionatining 37-turida “Juventude”ga qarshi o‘yinda maydonga tushib, 3 yarim yil ichidagi birinchi xet-trigini nishonlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Jahon chempionati “Flamengo”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing