Neymar 5 yilga qamalishi mumkin
Sport
−
28 iyul 2022
29393Fransiyaning PSJ klubining braziliyalik hujumchisi Neymar tez orada korrupsiya ishi bo‘yicha sudga tortiladi. Bu haqda “El Pais” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, DIS (Data Integration Software) kompaniyasi PSJ futbolchisi, uning ota-onasi, “Barselona”ning sobiq prezidentlari Xosep Bartomeu va Sandro Rosel hamda “Santos”ning sobiq direktori Odilio Rodriges ustidan sudga murojaat qilgan.
Kompaniya 2009 yilda Neymar Braziliyaning “Santos” jamoasida o‘ynab yurgan paytlari uning transferidan tushadigan pulning 40 foiziga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritgan. DIS futbolchi va uning otasini “Barselona”ga ko‘chib o‘tganda klub bilan ikkita soxta shartnoma imzolaganlikda aybladi. Shu sababli kompaniya Neymarning transferidan mablag‘ olmagan. Endilikda DIS 150 million yevro tovon puli bilan birgalikda 30 yoshli futbolchiga besh yillik qamoq jazosi va ushbu muddat mobaynida Neymarga futbol o‘ynashni taqiqlashni talab qilmoqda. Shuningdek, kompaniya vakillari Neymarning ota-onasini ham besh yillik qamoq jazosiga tortish kerakligini ta’kidlamoqda
Qayd etish kerak, prokuratura talab qilayotgan jazo chorasi DIS kompaniyasiniki singari qo‘rqinchli emas. Prokuratura futbolchiga ikki yillik qamoq jazosi va 10 million yevro miqdorida jarima solishni ma’qul ko‘rmoqda.Ota-onalar uchun bu muddat ikki yildan (ota uchun) bir yilgacha (ona uchun) bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Shuningdek, DIS 2009 yilda Neymarning "Santos"dan "Barselona"ga o‘tishini tashkillashtirgan klub prezidenti Rosel va vitse-prezident Bortemeuga sakkiz yillik qamoq jazosini so‘ramoqda. DIS'ning iddaosiga ko‘ra, ushbu ikki mansabdor Neymar Juniorning transfer ishidagi qalloblikda asosiy aybdor sanaladi.
Ma’lumot uchun, Neymarning transferi masalasidagi ushbu jinoiy ish bo‘yicha sud majlisi 2022 yilning 17 oktyabridan 31 oktyabrigacha bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi