Nexia katta tezlikda avtobusga borib urildi. Qurbon bor

Jamiyat 5996
image

Kecha, 7 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida yo‘l transporti hodisasi yuz berdi. Oqibatda bir nafar shaxs halok bo‘lgan bo‘lsa, 3 nafari jarohatlandi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Baxtsiz hodisa tumanning “Oltinsoy” MFY hududidan o‘tgan ichki avtomobil yo‘lida, 20:10 larda ro‘y bergan. 1972 yilda tug‘ilgan haydovchi M.A. Nexia rusumli mashinani yuqori tezlikda boshqargan. Oqibatda rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketadi. U qarshisidan o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan Sh.N. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobus bilan to‘qnashib ketadi.

YTH oqibatida Nexia 48 yoshli M.A. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomashina yo‘lovchilari 1976 yilda tug‘ilgan M.U., 1976 yilda tug‘ilgan R.M. hamda Isuzu rusumli avtobus yo‘lovchisi M.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

“Mazkur YTH yuzasidan Beruniy tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 129
Reyting: 3
t
×