Nexia-3 urib yuborgan fuqaro vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-transport hodisasida vafot etgan yigitning onasining murojaati tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu vaziyat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi bayonot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, voqea 2021 yilning 25 avgustida Mirzo Ulug‘bek tumani Temur Malik ko‘chasida sodir bo‘lgan. Nexia-3 boshqarayotgan fuqaro kutilmaganda Matiz orqasidan chiqib kelgan yigitni urib yuborgan. 1997 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan.

Ta’kidlanishicha, tergov jarayonida barcha zaruriy harakatlar o‘tkazilgan. Jumladan, sudga oid avtotexnik ekspertiza tayinlangan. Tergovning 2021 yil 15 noyabr kunidagi xulosasiga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi vaziyatida Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi o‘z vaqtida keskin tormoz berish yo‘li bilan hodisaning oldini olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.

Tergov jarayonida haydovchining harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi harakatdan tugatilgan.

Qarordan norozi bo‘lgan taraflar yuqori turuvchi organlarga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mirzo Ulug'bek tumani

Baholaganlar

151

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing