Netflix'ning yangi filmi vahima uyg‘otyapti
Madaniyat-san’at
−
13 iyul 2023
14441Netflix’ning “Noma’lum: Qotil robotlar” filmi insonlar orasida robotlar bilan bog‘liq kelajakka nisbatan qo‘rquv uyg‘otyapti. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Netflix muxlislari yangi 4 seriyali “Noma’lum: Qotil robotlar” filmini tomosha qilgandan so‘ng insoniyat xavf ostida, degan xulosaga keldilar. Hatto, ba’zi tomoshabinlar sun’iy intellektning kuchidan qo‘rqqani sabab uxlashga qiynalmoqda.
“Netflix’ning “Noma’lum: Qotil robotlar” filmi hayratlanarli, o‘ylantiruvchi va dahshatli bosinqirashdir”, deb yozdi foydalanuvchilardan biri Twitter'da.
“Qotil robotlar hazil emas. Agar sun’iy intellektni jiddiy qabul qilmasangiz, nima bo‘lishi mumkinligini bilish uchun Netflix seriyasini tomosha qiling", deb yozgan boshqa bir foydalanuvchi.
Ba’zi tomoshabinlar esa film “Terminator” seriyalaridagi mudhish voqealarni eslatishi haqida aytmoqda.
"Eski "Terminator" filmlari insoniyat uchun tobora ehtimoliy kelajakka o‘xshay boshladi", deb yozgan tomoshabinlar YouTube platformasida.
Yangi film sun’iy intellekt bilan ishlaydigan robotlar urush qiyofasini qanday o‘zgartirayotganini aks ettiradi. Uning birinchi qismi 10 iyul kuni premera qilindi.
Eslatib etamiz, Netflix “Wednesday” filmining yangi mavsumi suratga olinayotgani va yaqin kunlarda e’lon qilinishini xabar qilgan.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi