Netflix Italiyaning qotil shahzodasi haqida film suratga oldi
Madaniyat-san’at
−
18 iyul 2023
4273Netflix 1946 yilda monarxiyadan voz kechgan Italiyaning so‘nggi qiroli Umberto II ning o‘g‘li Viktor Emmanuilning o‘tmishi haqida hikoya qiluvchi “Hech qachon bo‘lmagan qirol” hujjatli filmini suratga oldi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Gap shundaki, 1978 yil avgust oyida Italiya shahzodasi Kavallo orolida dam oladi. U yerda shahzoda yonidan qurol chiqarib, yoshlarga o‘q uza boshlaydi. O‘q tasodifan yaqin atrofdagi qayiqda uxlab yotgan 19 yoshli germaniyalik Dirk Hamerni yaralagan. Bir necha oy o‘tgach, Hamer olgan tan jarohati tufayli vafot etgan.
Tergov 13 yil davom etdi. Faqatgina 1989 yilda Viktor Emmanuil jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchiga aylandi. Biroq bu jarayon ko‘ngilsizliklarga boy bo‘ldi. Xususan, ishdan hujjatlar yo‘qoldi va guvohlarga bosim o‘tkazildi. Natijada, 1991 yilda Viktor Emmanuil faqat noqonuniy qurol saqlashda aybdor deb topildi va olti oylik sinov muddatiga hukm qilindi.
Shuningdek, serial so‘ngida tomoshabin e’tibori qirollikning boshqa vakillariga tegishli yana bir jinoyatga qaratiladi. 86 yoshli Viktor Emmanuil Yevropa monarxiyasining yana bir vakili – Ispaniyaning sobiq qiroli Xuan Karlos tomonidan sodir etilgan qotillikka guvoh bo‘lganini aytadi.
1956 yil mart oyida bo‘lajak qirol Alfonsoning ukasi vafot etdi. 14 yoshli shahzoda katta akasi Xuan Karlos bilan o‘ynagani chiqib ketadi va yaralanib, vafot etadi.
“Uni o‘ldirgan Xuan Karlos edi. Men o‘sha yerda edim”, deydi Viktor serial so‘ngida.
Loyiha muallifi Beatris Borromeoning tushuntirishicha, u ushbu voqeani serialga Viktorning qotilligiga qisman sabab bo‘lgani uchun kiritgan. Qahramonning bolalikda tasodifan qotillikka guvoh bo‘lishi, uning ichki dunyosiga ta’sir qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Netflix’ning bundan avval taqdim etgan “Noma’lum: Qotil robotlar” filmi odamlar orasida robotlar bilan bog‘liq kelajakka nisbatan qo‘rquv uyg‘otgan edi.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi