Netanyaxuning maslahatchisi umrbod qamalishi mumkin 

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning maslahatchisi Eliezer Feldshteyn maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilinishini uyushtirganlikda gumonlanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Binyamin Netanyaxu devonxonasida matbuot bilan ishlash bo‘yicha sobiq maslahatchi Eliezer Feldshteyn maxfiy ma’lumotlarning oshkor qilinishini uyushtirishda bosh gumondor sifatida qaralmoqda. Shuningdek, unga davlat sirini tashkil qiluvchi hujjatlarga noqonuniy egalik qilish ayblovi qo‘yilgan.

“Feldshteyn harbiy razvedkaning to‘rt nafar a’zosi vositachiligida Isroil mudofaa kuchlari ma’lumotlar bazasidan maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritib, bu hujjatlardan birini Isroil Bosh vazirining idorasiga va “Bild” nashriga ham topshirgan”, deyiladi ayblov xulosasida. 

Bundan tashqari, ushbu ish bo‘yicha yana bir gumondor – Isroil armiyasining zaxiradagi harbiy xizmatchisi yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Bin'yamin Netan'yaxu Eliezer Fel'dshteyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing