Netanyaxuning Londonga tashrifi sharmandali tarzda boshlandi

Olam

image

Bugun, 24 mart kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Londonga bordi. U Britaniya Bosh vaziri ofisi oldida yuzlab namoyishchilarning qichqiriqlari va hushtaklari bilan kutib olindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Netanyaxu Britaniya Bosh vaziri ofisi zinapoyasida Bosh vazir Rishi Sunak bilan qo‘l berib ko‘rishgan. Shu paytda yaqin atrofdagi namoyishchilar Isroil bayroqlarini ko‘tarib, Natanyaxuni haqorat qilgan.

“Netanyaxu, qamoqqa tush, Isroil nomidan gapira olmaysan. Demokratiyani yiqitib, dam olish kunlari Londonda zavqlana olmaysan!” deb hayqirgan namoyishchilar.

Ta’kidlash joizki, britaniyalik yahudiylar va isroilliklar so‘nggi haftalarda Londondagi bir nechta yirik namoyishlarda ishtirok etib, Vestminsterda “Isroil demokratiyasini himoya qilish” tadbirlari uchun yig‘ilgan.

Ma’lumot uchun, Netanyaxu mamlakatdagi sud tizimiga o‘zgartirishlar kiritib, hukumatga sudyalarni tanlashda ustunlik beradigan va Oliy sudning qonunlarni bekor qilish vakolatini cheklaydigan islohot o‘tkazdi. Bu esa bir necha haftalik ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan. Mazkur harakat Isroildagi demokratik nazorat va muvozanatlar haqida xorijda ham xavotir uyg‘otgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq mazkur islohot ortidan Isroil tarixidagi eng yirik namoyishlar bo‘lib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

London Britaniya Isroil Netan'yaxu Rishi Sunak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing