Netanyaxuning BMTdagi chiqishi boykot qilindi (video)

Olam

image

Bugun, 26 sentyabr kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlash uchun minbarga chiqqanda zalda uzoq vaqt qichqiriqlar yangradi va so‘ngra ko‘plab mamlakat yetakchilar ommaviy ravishda zalni tark etdi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Netanyaxuga minbarga chiqishga taklif berilgach, diplomatlar o‘rinlaridan turib, ommaviy tarzda zalni tark eta boshlagan. Bundan tashqari, Bosh vazir sahnaga chiqqan paytda zalda uzoq vaqt davomida norozilik qichqiriqlari eshitilgan. Zalni tark etganlar orasida ko‘plab arab davlatlari vakillari ham bo‘lgan.

Ba’zi delegatsiyalar esa umuman Isroil Bosh vazirining nutqi uchun zalga ham kirmagan. 2024 yildagi kabi Netanyaxu bu safar ham bo‘sh zalda chiqish qilgan.

Isroil Bosh vazirining ko‘rsatmasi bilan mamlakat armiyasi G‘azo sektorida karnaylar o‘rnatgan va Netanyaxuning nutqi u yerdagi aholiga ham eshittirilgan. Bundan tashqari, minglab falastinliklarga Netanyaxu nomidan xabarlar yuborilgan. Bosh vazirning devoni BMT shtab-kvartirasida ham “HAMASning dahshatli filmi” deb nomlangan videolavhalarni namoyish qilgan. Ushbu film kadrlarida 2023 yilning 7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga uyushtirilgan hujumi tasvirlari bor.  

O‘z nutqini Netanyaxu G‘azoda HAMAS tomonidan ushlab turilgan garovdagilar oilalariga murojaat bilan boshlagan. 

“O‘tgan yili men bu yerda turib, dunyoga xavf solayotgan Eronning yovuzligini ko‘rsatgan edim. Bu mintaqaning barqarorligiga va mening davlatim – Isroilning mavjudligiga tahdid solmoqda”, degan Bosh vazir. 

Vazir, shuningdek, uning gaplarini tinglab turgan asirdagilarga murojaat yo‘llagan. 

“Men garovdagilarimizga bevosita murojaat qilmoqchiman. Avval ivrit tilida, so‘ng ingliz tilida gapiraman. Aziz qahramonlarimiz! Sizlarga Isroil Bosh vaziri gapiryapti. Biz sizlarni bir lahzaga ham unutmadik. Sizlarni uyga qaytarish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Har biringizni qaytaramiz”, deya urg‘ulagan Netanyaxu. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp arab va musulmon yetakchilariga Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga Iordan daryosining G‘arbiy Sohilini anneksiya qilishiga ruxsat bermasligiga va’da qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu BMT Bosh Assambleyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing