Netanyaxu va Erdo‘g‘an Yaqin Sharqda yetakchilik uchun kurashmoqda – FT
Olam
−
09:38
2847Turkiya va Isroil Yaqin Sharqda yetakchilik uchun faol raqobat qilmoqda va Suriyadagi siyosiy o‘zgarishlardan foydalanishga urinmoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Asad rejimi qulashi ortidan kurdlarni zaiflashtirish, qochqinlar muammosini hal qilish va o‘z hokimiyatini mustahkamlash orqali Turkiyaning ta’sirini kengaytirishga intilmoqda.
Shu bilan birga, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Suriyada faol harakatlarni davom ettirish va Eron bilan kurashni kuchaytirish orqali Isroilning chegaralarini kengaytirish va mintaqadagi pozitsiyasini mustahkamlash imkoniyatini ko‘rmoqda.
Biroq har ikki davlatning ambitsiyalari ichki muammolar bilan cheklanadi. Turkiya iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda, Isroil esa kichik hududga ega. Shuningdek, arab dunyosida har ikki yetakchiga nisbatan ishonchsizlik mavjud.
Nashrga ko‘ra, Suriya mojarosi Turkiya va Isroil uchun to‘qnashuv maydoniga aylanish xavfini tug‘dirmoqda. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazi davlatlari mintaqadagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirishda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Wall Street Journal” Turkiya Suriyada keng ko‘lamli operatsiyaga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan edi.
LiveBarchasi