Netanyaxu so‘zidan qaytdi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Mudofaa vaziri Yoav Galantni o‘z lavozimida qoldirishga qaror qilganini aytdi. Bu haqda u kecha, 10 aprel kuni kechqurun Tel-Avivda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashuviga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“O‘rtamizda, hatto, jiddiy kelishmovchiliklar ham bo‘lgan, biroq men ularni ortda qoldirdim. Biz birgalikda ishlashda davom etamiz”, – degan Isroil Bosh vaziri. 

Ta’kidlash joizki, o‘tgan haftada Isroilda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat keskin yomonlashdi. Mamlakat hududi deyarli bir vaqtda G‘azo sektori, Livan va Suriyadan zarbalarga uchradi. Sharqiy Quddus va G‘arbiy Sohilda to‘qnashuvlar davom etdi. Shunday vaziyatda Mudofaa vaziri o‘z vazifasini davom ettirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 mart kuni Netanyaxu xorijda safarda bo‘lgan bir paytda sud tizimini isloh qilishni to‘xtatishga chaqirgan Mudofaa vazirini iste’foga chiqargan, buning ortidan esa norozilik harakatlari yanada kuchaygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Quddus Isroil Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing