Netanyaxu shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron bilan keskinlashib borayotgan qarama-qarshiliklar fonida mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da xavfsizlik kabineti yig‘ilishini o‘tkazadi. Bu haqda bir qator Isroil ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

The Times of Israel nashri nomini oshkor qilmagan manbaga tayanib xabar qilishicha, yig‘ilish tor doirada o‘tkaziladi va unda faqat hukumatning asosiy vazirlaridan iborat kichik guruh ishtirok etadi.

Qayd etilishicha, yig‘ilish kun tartibining asosiy mavzusi Isroil va Eron o‘rtasidagi tobora kuchayib borayotgan ziddiyat hamda xavfsizlik bilan bog‘liq masalalar bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 iyun kuni Eron Isroilning shimoliy hududlariga bir necha to‘lqinda raketa hujumlarini amalga oshirgandi. Isroil Mudofaa armiyasining (SAHAL) ma’lum qilishicha, Eron tomonidan uchirilgan barcha raketalar havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan. 

Eron rasmiylari Isroilni Bayrut janubidagi nishonlarga zarba berish orqali “barcha qizil chiziqlardan o‘tganini” ta’kidlagan. Avvalroq, Isroil Livan poytaxti janubida joylashgan “Hizbulloh” ob’ektlariga zarba berganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing