Netanyaxu Ozarbayjonga boradi
Olam
−
24 aprel
5457Joriy yilning may oyida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu rasmiy tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasiga boradi. Bu haqda Ynet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh vazir Bakuga rasmiy tashrif bilan boradi va tashrif doirasida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashadi.
Nashrga ko‘ra, tashrif mamlakatning qo‘shnisi Eron va AQSH o‘rtasida yangilangan yadroviy muzokaralar fonida kechadi va unda Turkiyaning Suriyadagi harbiy ishtiroki bo‘yicha davom etayotgan muzokaralarga e’tibor qaratilishi kutilmoqda.
Shuningdek, kun tartibida Ozarbayjonning Ibrohim kelishuviga qo‘shilishi, Isroil bilan ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish va Bakuning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Tashrifning rasmiy sanasi hozircha ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi yurisdiksiyasini tan olgan Vengriyaga davlat tashrifi bilan borgan edi. Keyinchalik, Vengriya Bosh vaziri ma’muriyati rahbari Gergey Guyyash aynan Netanyaxu tashrifi doirasida Vengriya Xalqaro jinoiy suddan (XJS) chiqishi haqida ogohlantirgan edi.
LiveBarchasi