Netanyaxu va Mossad rahbari yashirincha Saudiyaga borgani aytildi. Podshohlik buni rad qildi
Olam
−
23 noyabr 2020
6786Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kecha, 22 noyabr kuni maxfiy ravishda Saudiya Arabistoniga borib kelgan. Bu haqda “Galey Saxal” gazetasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Netanyaxu Saudiyada valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon va AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashgan.
“Bosh vazir Netanyaxu va Mossad rahbari Yosi Koen kecha Saudiya Arabistonida valiahd shahzoda bilan uchrashdi”, deyiladi xabarda.
Bosh vazir devonxonasi bu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortgan. Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal ibn Farxan OAVdagi xabarlarga raddiya berdi.
“Men Davlat kotibi Pompeoni kutib oldim va Neomi aeroportida kuzatib qo‘ydim, shuningdek, valiahd shahzoda bilan uchrashuvlarida ham qatnashdim. U yerda isroilliklar yo‘q edi”, degan vazir “Al-Arabiyya” telekanaliga.
U Twitter`dagi sahifasida ham bunday uchrashv bo‘lmagani haqida yozgan. Muzokaralar faqatgina Podshohlik va AQSH vakillari o‘rtasida bo‘lganini aytgan.
Avvalroq, AQSH Saudiya Arabistoni va Isroilni yarashtirish harakatigan tushgani haqida xabar bergan edik. BAA, Bahrayn va Sudanni Isroil bilan yarashishga ko‘ndirgan AQSH endi Ar-Riyod bilan ham omadini sinab ko‘rmoqchi. Bu uch davlatdan Sudan hozircha rasman Isroilni tan olmagan. Ammo tomonlar shartlar borasida kelishib olgani xabar qilingan.
LiveBarchasi