Netanyaxu masalasi bilan shug‘ullanayotgan XJS sudyasi almashtirildi

Olam

image

Bugun, 25 oktyabr kuni Xalqaro jinoyat sudining (XJS) Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga qarshi hibsga olish orderi chiqarish talabi bo‘yicha qaror qabul qilayotgan sudyalaridan biri almashtirildi. Endi ish bo‘yicha qaror qabul qilish yana kechikishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ushbu masala bilan shug‘ullanayotgan ruminiyalik sudya Yuliya Motok sog‘lig‘i tufayli uch sudyadan iborat hay’atni tark etishni so‘ragan va u darhol sloveniyalik XJS sudyasi Beti Xoxler bilan almashtirilgan.  

“Bu harakat yangi sudyaga ish hujjatlari bilan tanishish uchun vaqt zarurligi tufayli ish bo‘yicha qaror qabul qilishni yana kechiktirishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, XJS bosh prokurori Karim Xon order berish to‘g‘risidagi harakatni 2024 yil may oyida boshlagan. Uning ta’kidlashicha, tergov faqat “temir qilichlar” operatsiyasi davomida sodir etilgan jinoyatlar bilan cheklanib qolmay, balki 2015 yildan beri Isroil-Falastin mojarosining turli voqealarini ham o‘z ichiga oladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Binyamin Netanyaxu mamlakat Bosh prokurori Gali Baharav-Miaradan XJS hibsga olmasligi uchun o‘ziga va mamlakat Mudofaa vaziri Yoav Galantga nisbatan tergov boshlash va keyinroq uni yakunlashni so‘ragan edi. Biroq mamlakat Bosh prokurori bunday tekshiruv o‘tkazishdan bosh tortgan. Uning fikricha, ushbu harakatlar XJSni qoniqtirmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Isroil Netan'yaxu XJS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing