Netanyaxu Isroilda sud-huquq islohoti to‘xtatilishini ma’lum qildi

Olam

image

Avvalroq, Isroil Prezidenti Isxak Gersog hukumatni sud tizimini isloh qilishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgani haqida xabar bergan edik. Prezident ortidan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu sud-huquq islohotlari to‘xtatilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Haaretz” xabar berdi

Qayd etilishicha, Netanyaxu hukumati ilgari surayotgan islohotlar Oliy sud vakolatlarini sezilarli darajada cheklash va hukumatga sudyalarni tayinlash ustidan nazorat o‘rnatish imkoniyatini beradi.

Isroilda islohotga qarshi norozilik namoyishlari ketma-ket o‘n ikkinchi haftadan beri tinmayapti. Muxolifat mazkur islohot Isroil davlatchiligining demokratik asoslarini buzadi, deb hisoblab, norozilik bildirayotgan edi. Biroq bugungacha Bosh vazir Netanyaxu islohotlarni to‘xtatishdan bosh tortib keldi. Mahalliy matbuot statistikasiga ko‘ra, kecha, 26 mart kuni 600 mingdan ortiq odam namoyishlarga chiqqan.

Bundan tashqari, Isroil aeroporti ishchilari kasaba uyushmasi ham hukumat sud-huquq islohotini to‘xtatmaganidan keyin ish tashlashga chiqdi. Oqibatda Ben Gurion aeroportidagi barcha reyslar to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bosh vazir Binyamin Netanyaxu tomonidan sud tizimi islohotiga qarshi bo‘lgan Mudofaa vaziri Yoav Galantning ishdan bo‘shatilishi ortidan tartibsizliklar avj olgan, namoyishchilar Netanyahuning qarorgohigacha kirib borgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Netan'yaxu sud-huquq islohoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing